Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano: Zinedin Zidan JCH–2026dan keyin Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Romano: Zinedin Zidan JCH–2026dan keyin Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan JCH–2026 yakunlanganidan so‘ng Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda mashhur jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Fransiya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini Didye Desham rahbarligida yakunlaydi. Avvalroq mutaxassis mundial tugagach o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi.

Fransuzlar JCH–2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Endi ular uchinchi o‘rin uchun bahsda Argentina — Angliya yarim final juftligida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Didye Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. U jamoani 2018 yilgi jahon chempionatida chempionlikka olib chiqqan.

Zinedin Zidan esa klub futbolida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U «Real»ni 2016–2018 va 2019–2021 yillarda boshqarib, uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi, ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan hamda qator xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:29, 15.07.2026.
O'qildi: 1364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик