Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Grinvudning «Fenerbaxche»ga o‘tishi «Manchester Yunayted»ni boyitdi

Grinvudning «Fenerbaxche»ga o‘tishi «Manchester Yunayted»ni boyitdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Meyson Grinvud rasman «Marsel»dan «Fenerbaxche» safiga ko‘chib o‘tdi. Turkiya klubi seshanba kuni 24 yoshli ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. \

Transfer qiymati 39 million yevroga baholanmoqda va insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, ushbu summaning 12,4 million yevrosi futbolchi faoliyatini boshlagan «Manchester Yunayted» klubiga nasib etgan.

O‘z tarbiyalanuvchisini 2024 yilda sotayotib, «qizil iblislar» «Marsel» bilan tuzilgan kelishuvga kelajakdagi qayta sotuv summasidan salmoqli ulush olish imkonini beruvchi bandni kiritishgan edi.

Meyson Grinvud o‘tgan mavsumda Fransiya jamoasi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:23, 15.07.2026.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик