Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar braziliyalik hujumchi Gabriel Jezusni sotib yuborishni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda «kanonirlar» 29 yoshli hujumchi uchun yangi klub izlash bilan band. Angliya chempionlari 23,4 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ayni damda Jezus uchun asosiy da’vogar sifatida «Milan» tilga olinmoqda. Biroq, yaqinda «Yuventus» va Madridning «Atletiko» klublari ham futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborishgan.
2025/26 yilgi mavsumda Jezus barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













