Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Kristal Pelas» Matetaga yangi shartnoma taklif qildi

«Kristal Pelas» Matetaga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Jan-Filipp Mateta «Kristal Pelas»dan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif oldi. Bu ma’lumotni jurnalist Nikolo Skira ommaga e’lon qildi.

Manbaga ishoniladigan bo‘lsa, «burgutlar» 29 yoshli hujumchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirish niyatida. Futbolchining amaldagi bitimi kelasi yilning iyun oyida yakuniga yetadi.

Avvalroq Matetaga «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Milan» va boshqa klublar tomonidan qiziqish bildirilayotgani xabar qilingan edi.

Hujumchi 2021 yildan beri «Kristal Pelas» safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 17:04, 15.07.2026.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик