«Manchester Yunayted» «Brayton» yarim himoyachisi Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlashda davom etmoqda.
Indykaila News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati kamerunlik futbolchi uchun muzokaralar taxminan 50 million funt sterlinglik taklifdan boshlanishiga ishonmoqda. Bunga sabab sifatida xavbekning o‘tgan mavsumda «Brayton» asosiy tarkib o‘yinchisiga aylangani keltirilmoqda.
Karlos Baleba 2023 yilda 27 million yevro evaziga «Lill»dan «Brayton»ga o‘tgan edi. Uning «chayqalar» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali kamerunlik futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.













