«Manchester Yunayted»ning yangi o‘yinchisi Andrey Santos o‘z vatandoshi va «qizil iblislar» hujumchisi Mateus Kunya bilan allaqachon suhbatlashishga ulgurganini ma’lum qildi.
«Men Mateus Kunyaga xabar yubordim. U menga agar biror narsa kerak bo‘lsa, unga murojaat qilishim kerakligini aytdi. Shuningdek, u: «Dunyodagi eng katta klubga xush kelibsan», deb yozdi. U bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman», — deya Santosning so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni «Manchester Yunayted» Andrey Santosning 56 million yevro evaziga transfer qilinganini rasman e’lon qilgandi. Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.













