Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Romano Obameyangning Ispaniya La Ligasi klubiga o‘tishini tasdiqladi

Romano Obameyangning Ispaniya La Ligasi klubiga o‘tishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano Pyer-Emerik Obameyangning «Deportivo»ga o‘tishini tasdiqladi. La-Korunya klubi tajribali yangi o‘yinchi uchun bor-yo‘g‘i 1,5 million yevro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang o‘tgan iyun oyida 37 yoshga to‘ldi. So‘nggi uch yil davomida u Fransiyada «Marsel» sharafini himoya qildi, keyin Saudiya Arabistoniga ketib, «Al-Qodisiya»da to‘p surdi, so‘ngra yana «Marsel»ga qaytdi.

Bungacha Obameyang «Sent-Etyen», Dortmundning «Borussiya»si, Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublarida o‘ynagan. Taniqli gabonlik hujumchi Ispaniyada avvalroq «Barselona» safida harakat qilgan.

«Deportivo» klubi uzoq vaqtdan so‘ng ilk bor La Ligaga qaytdi va yangi mavsumni elitada o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:13, 15.07.2026.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик