Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida Ueyn Runini rasman ortda qoldirdi. Keynning hisobida 121 ta o‘yin bor.
Shu tariqa, Keyn «uch sherlar» tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan ikkinchi futbolchiga aylanadi. Unga Piter Shiltonning rekordiga (125 ta o‘yin) yetib olish uchun endi atigi to‘rtta o‘yin qolmoqda.
Bugungi bahsdan so‘ng Keynni Angliya terma jamoasi tarixida maydon o‘yinchilari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan rekordchi deb atash mumkin bo‘ladi. Piter Shilton esa o‘z davrida darvozabon bo‘lgan.













