«Barselona» markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni izlamoqda. «Sport» xabariga ko‘ra, Kataloniya grandi ustuvor variant sifatida «Tottenhem»dan Kristian Romero va Bilbaoning «Atletik» klubidan Emerik Laportni belgilab olgan. «Ko‘k-anorranglilar» o‘z vaqtida Inigo Martines kabi Pau Kubarsiga tajribali sherik topishga umid qilishmoqda.
Biroq, manbaning aniqlik kiritishicha, argentinalik yoki ispaniyalik futbolchilardan birini safga qo‘shib olish uchun «Barselona» o‘z tarkibidagi o‘yinchilardan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Transfermarkt ekspertlari 28 yoshli Romeroni 45 million yevroga, 32 yoshli Laportni esa 8 million yevroga baholamoqda.













