Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi - Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor - Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona - Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

Rio Ferdinand: «Argentina futbol o‘ynash orqali qanday g‘alaba qozonishni biladi»

Rio Ferdinand: «Argentina futbol o‘ynash orqali qanday g‘alaba qozonishni biladi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand «uch sherlar»ning (Angliya terma jamoasi) Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsdagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatini izohladi.

«Angliya terma jamoasi haqida gapirishni boshlashdan avval, Argentinaga munosib baho berishimiz kerakligini aytishim kerak. Argentina — juda kuchli jamoa. Ular safida sehrgardek Messi bor. Ular — futbol o‘ynab, qanday qilib g‘alaba qozonishni biladigan tajribali jamoa. Men ularga va ularning aqlbovar qilmas darajadagi muxlislariga katta hurmat bildirishim kerak. Ular o‘yin davomida ajoyib harakat qilishdi», — dedi Ferdinand o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Angliya esa uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:57, 16.07.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик