Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Argentina terma jamoasi Jahon chempionatlari yarim finalida hech qachon mag‘lub bo‘lmagan

Argentina terma jamoasi Jahon chempionatlari yarim finalida hech qachon mag‘lub bo‘lmagan

Baho:
+ | -

Jahon chempionati-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliya ustidan irodali g‘alabaga erishib (2:1), turnir finaliga yo‘l oldi.

Argentinaliklar 85-daqiqaga qadar hisobda ortda qolayotgan edi, biroq Enso Fernandes va Lautaro Martines tomonidan Lionel Messining uzatmalaridan so‘ng kiritilgan gollar amaldagi jahon chempionlariga o‘yinni o‘zgartirishga yordam berdi. Endi Argentina o‘z chempionlik unvonini ispaniyaliklarga qarshi bahsda himoya qilishi kerak.

Statistikaga ixtisoslashgan «SIFROSKOP» telegram-kanali ta’kidlaganidek, Argentina terma jamoasi o‘z tarixidagi oltita yarim finalning barchasida g‘alaba qozongan. Janubiy amerikaliklar musobaqaning bu bosqichida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Bunday natija bilan jami to‘rtta terma jamoa maqtana oladi, biroq ulardan hech biri yarim finalga olti marta chiqishga muvaffaq bo‘lmagan.

Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun kechadigan bahs 19 iyulga belgilangan.

Kiritildi: 13:01, 16.07.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик