Tomas Tuxel Jahon chempionati yakunlangach, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin.
Indykaila News nashri xabariga ko‘ra, Angliya futbol assosiasiyasi JCH-2026 yakunlangach, germaniyalik mutaxassisning kelajagini muhokama qiladi. Ba’zi futbolchilar murabbiy ularni g‘alabaga emas, balki yutqazmaslikka ruhlantirayotganidan norozi. Tuxelning o‘rnini «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau egallashi mumkin. U Angliya terma jamoasida ishlash uchun «qarg‘alar»ni (Nyukasl) tark etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsda o‘yin oxirida ikkita gol o‘tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.













