«Barselona» jiddiy jarohat olgan yarim himoyachi Frenki de Yongdan uzoq muddatga ayrildi.
Avval xabar qilinganidek, niderlandiyalik futbolchi taxminan to‘rt oyni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shunga qaramay, Diario Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi hozircha 29 yoshli xavbek o‘rniga yangi o‘yinchi sotib olishni rejalashtirmayapti. Hatto Mark Kasado sotib yuborilgan taqdirda ham, mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida murabbiy Xans-Diter Flik Tommi Markes, Gilye Fernandes va Brayan Farinyasga imkoniyat beradi. Faqat yoz oxiriga kelib, agar yosh o‘yinchilardan hech kim o‘zini ko‘rsata olmasa, klub yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
O‘tgan mavsumda «Barselona» La Liga g‘olibi bo‘ldi, Chempionlar ligasida chorak finalga, Ispaniya kubogida esa yarim finalgacha yetib bordi.













