Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Angliyada Tuxel bo‘yicha qaror qabul qilindi

Angliyada Tuxel bo‘yicha qaror qabul qilindi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati-2026 finaliga chiqa olmagan Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Turnir yarim finalida inglizlar Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, finalga yo‘l ololmadilar.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Angliya futbol assosiasiyasi Tuxelni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Katta ehtimol bilan, aynan u 2028 yilda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida jamoani boshqaradi.

Avvalroq Tuxelning o‘zi mundial yakunlangach, iste’foga chiqish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

19 iyul kuni Angliya terma jamoasi JCH-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsida Fransiya bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da (18 iyuldan 19 iyulga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 13:51, 16.07.2026.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик