«Chelsi»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Roberto Di Matteo londonliklar klubining oxirgi o‘n yilliklardagi tarixi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Chelsi» tarixidagi muammo shundaki, so‘nggi 25 yoki 30 yil davomida biz deyarli har yili sovrin yutishga o‘rganib qoldik. Shu bois, oxirgi o‘n yilliklarda juda erkalanib ketdik. G‘olib jamoani kutish — bu bizning DNKmizning bir qismi. Ammo vaziyat o‘zgaryapti...
Bir yil avval «Chelsi» Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Konferensiyalar ligasida zafar quchdi, ya’ni o‘tgan yili ikkita sovrin qo‘lga kiritildi. Odamlar ba’zan buni unutishga moyil va natijalar borasida biroz xolislik yetishmaydi. Ammo boshqa tomondan qaraganda, o‘tgan mavsum «Chelsi» uchun hech bir jihatdan yaxshi o‘tmadi», — deya Di Matteoning so‘zlarini keltiradi SuperSport Football.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Di Matteo 1996 yildan 2002 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 2012 yilda londonliklarni boshqarib, jamoa bilan klub tarixidagi ilk Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.













