Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Trossar «Arsenal» muxlislari bilan xayrlashdi

Trossar «Arsenal» muxlislari bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Belgiyalik vinger Leandro Trossar «Arsenal» muxlislariga atab xayrlashuv maktubini e’lon qildi. 31 yoshli futbolchi Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan uch yillik shartnoma imzolab, jamoani tark etdi.

«Men klub va sizlar uchun doimo bor kuchimni berganman. Biz birgalikda ko‘plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda birgalikda chempionlik unvonini qo‘lga kiritganimiz. Bu xotira men bilan abadiy qoladi», — dedi Trossar o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

«Ishonamanki, biz hali ko‘rishamiz. Klubga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, sizlarga esa aytmoqchiman: qayerda bo‘lsam ham, doimo «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlayman. Bir marta «kanonir» — umrbod «kanonir». O‘zingizni ehtiyot qiling».

Trossar londonliklar safida 171 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchi 36 ta gol va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transferi «Beshiktosh»ga 18 million yevroga tushdi.

Kiritildi: 14:49, 16.07.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик