Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Fransiya terma jamoasi va Zidan o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Fransiya terma jamoasi va Zidan o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi.

RMC Sport nashrining xabariga ko‘ra, mutaxassisning ushbu lavozimga tayinlangani haqida keyingi haftaning juma kuniga qadar rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Fransiya futbol federasiyasi shartnoma 21 iyulgacha imzolanishini istayapti, chunki kelishuvga allaqachon erishilgan, faqatgina rasmiy imzolash jarayoni qolgan, xolos.

Zidanning milliy jamoadagi maoshi mukofot pulllarisiz 300 ming yevroni (bonuslar bilan birga esa 450 ming yevroni) tashkil etadi — yangi qonunchilikka ko‘ra, terma jamoa murabbiyi bundan ortiq maosh olishi mumkin emas. Zidanning murabbiylar shtabi 25 nafar mutaxassisdan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan 2021 yildan buyon ishsiz hisoblanadi. U «Real»ni 2016 yildan 2018 yilgacha hamda 2019 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda boshqargan edi.

Kiritildi: 15:05, 16.07.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик