Milanning «Inter» klubi himoyachi Jed Spensning transferi bo‘yicha Londonning «Tottenxem» klubi bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, inglizlar 25 yoshli futbolchi uchun 35 million yevro so‘rashgan. Boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan, biroq avvalroq Spens «Inter»ning mudofaa qanoti uchun asosiy transfer maqsadiga aylangani xabar qilingan edi.
O‘tgan mavsumda Spens barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo birorta ham samarali harakatni o‘z hisobiga yozib qo‘ya olmadi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













