Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Misr murabbiyi Messi bilan to‘qnashuv haqida: «Men uning yutuqlariga bo‘lgan hurmatim tufayli unga javob bermadim»

Misr murabbiyi Messi bilan to‘qnashuv haqida: «Men uning yutuqlariga bo‘lgan hurmatim tufayli unga javob bermadim»

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan JCH-2026 turnirining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda Lionel Messi va boshqa argentinalik futbolchilar bilan yuzaga kelgan to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Argentinaning 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Final xushtagidan so‘ng Hassan hakamlar va tashkilotchilarni argentinaliklarga yordam berganlikda aybladi. Qo‘shib berilgan vaqtda Hassan odatda irqchilikka qarshi kurashda ishlatiladigan ishorani ko‘rsatgan edi.

«Bu ishora irqchilik bilan bog‘liq emas edi. Men hakamga bizga nisbatan adolatsizlik qilayotganini aytdim. Messi menga yaqinlashib, tinmay: «Nima uchun? Nima uchun?» deb so‘radi. U yana nimalar deganini bilmayman. Men uning faoliyati davomida erishgan barcha yutuqlariga bo‘lgan hurmatim tufayli unga javob bermaslikka qaror qildim», — deya Hassanning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.

Aytish joizki, Hassanning bu bayonoti haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Messi haqiqatan ham murabbiyga yaqinlashib, hech qanday yomon niyatsiz nimadir deb so‘ragan, biroq bunga javoban Hassan va uning aytgan gaplari uchun maydondan chetlatilgan yordamchisi tomonidan juda tajovuzkor reaksiyaga duch kelgan edi.

Kiritildi: 16:04, 16.07.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик