«Liverpul» Soboslai bilan shartnomani uzaytiradi.
Dominik Soboslai «Liverpul» bilan shartnomasini uzaytiradi. Angliya klubi 25 yoshli yarim himoyachi bilan yangi bitim imzolash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
APLning o‘tgan mavsumida Soboslai 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













