Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Kafu Braziliya terma jamoasining JCH-2026 turnirida muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababini tushuntirdi

Kafu Braziliya terma jamoasining JCH-2026 turnirida muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining sobiq sardori va 2002 yilgi jahon chempioni Kafu nima uchun Braziliya JCH-2026 turnirida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganini tushuntirib berdi.

Braziliyaliklar 1/8 final bosqichida Norvegiyaga (1:2) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishgan edi.

— Nima uchun Braziliya terma jamoasi JCH-2026 turnirida muvaffaqiyatsizlikka uchradi?

— Biz jamoamiz raqobatbardoshroq bo‘lishini kutgan edik. Ha, futbolchilar finalgacha yetib borishni istashadi, biroq mag‘lubiyat ham bo‘lib turadigan holat. Ammo mag‘lubiyatning ham farqi bor. Ko‘p narsa maydondagi xulq-atvorga bog‘liq. Ba’zida yutqazasan, lekin bor kuchingni berganingni, oxirgi daqiqagacha kurashganingni va raqib shunchaki kuchliroq bo‘lganini his qilasan. Afsuski, biz bu mundialda bunday holatni ko‘rmadik.

Braziliya terma jamoasida jangovar ruh, raqobatbardoshlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq sezilmadi. Ular gol urish uchun oxirigacha kurashishmadi. Braziliyaliklar o‘ta loqayd ko‘rinishdi va kutganlarimizga umuman mos kelishmadi. Terma jamoamiz ochiqchasiga yomon o‘ynadi — bu fakt. Endi JCH-2030 turnirini kutamiz, — dedi Kafu.

Kiritildi: 16:26, 16.07.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик