Tomas Tuxel JCH-2026 yakunlanganidan keyin Angliya terma jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Futbol assosiasiyasi jahon chempionati yakunlanganidan keyin germaniyalik mutaxassisning iste’fosi masalasini ko‘rib chiqadi. Milliy terma jamoaning ayrim futbolchilariga murabbiyning taktik yondashuvi yoqmayapti.
Eddi Xau Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Terma jamoadagi faoliyat uchun u «Nyukasl» bosh murabbiyi lavozimini tark etishga tayyor.













