Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining 2026-yilgi Jahon chempionati eng yaxshi futbolchisi deb topilish ehtimoli 88 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Polymarket platformasining yarimfinaldan keyin yangilangan reytingida ma’lum qilindi.
Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik hujumchining turnirdagi eng asosiy individual sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati yarimfinal uchrashuvidan so‘ng birdaniga 76 foizga ko‘tarilib ketgan. Reytingda ikkinchi pog‘onani esa 9 foizlik ko‘rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Rodri band etib turibdi.
Polymarket talqini bo‘yicha JCH—2026 da yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar oltiligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Lionel Messi (Argentina) — 88% (+76%);
Rodri (Ispaniya) — 9% (-2%);
Lamin Yamal (Ispaniya) — 2% (-16%);
Kilian Mbappe (Fransiya) — 1% (-13%);
Jud Bellingem (Angliya) — 1%;
Harri Keyn (Angliya) — 1 foizdan kam.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi, O‘zbekiston vaqti bilan roppa-rosa 00:00 da start oladi.













