«Inter» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ElNacional.cat xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Barselona» hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor va futbolchini o‘z short-listiga kiritgan. Bir necha yil oldin Kataloniya klubi argentinalik futbolchiga qiziqish bildirgan edi, biroq o‘shanda transfer amalga oshmay qolgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines jahon chempionati yarim finalida zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Lionel Messining uzatmasidan so‘ng g‘alaba golini kiritdi va argentinaliklarni mundial finaliga olib chiqdi.













