Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Dzanyolo "Udineze" tarkibidan chetlatilishi mumkin

Dzanyolo "Udineze" tarkibidan chetlatilishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi va "Udineze" hujumchisi Nikolo Dzanyolo asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchi haligacha klubning mavsum oldi tayyorgarlik jarayoniga qo‘shilgani yo‘q. Manbaga ko‘ra, o‘yinchi yangi shartnoma shartlaridan norozi va hozircha hujjatni imzolashdan bosh tortmoqda.

Mavsum yakunlangach, "Udineze" Dzanyoloni "Galatasaroy"dan sotib olgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan, ammo futbolchi moliyaviy shartlardan qoniqmagan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Agar Dzanyolo 22 iyul kuni boshlanadigan mavsum oldi tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga qadar jamoa ixtiyoriga qaytmasa, u asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatilishi mumkin.

Avvalroq, forvardni A Seriyaning bir qator klublariga taklif qilishgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq hozircha uning transferi bo‘yicha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Kiritildi: 20:25, 16.07.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик