Fabrisio Romano Markus Reshfordning Istanbulning "Fenerbaxche" klubiga ehtimoliy o‘tishi haqida post e’lon qildi.
"Markus Reshfordning yozgi transferlar oynasida Turkiyaga ko‘chib o‘tish rejasi yo‘q, "Fenerbaxche" bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. U "Manchester Yunayted" safida mavsum oldi tayyorgarligiga qaytmoqda, chunki Kerrik u bilan ishlamoqchi", - deb yozdi Romano ijtimoiy tarmoqda.
Romanoning qo‘shimcha qilishicha, Reshfordning yozda "MYU"dan ketish ehtimoli haqiqatan ham bor, biroq bu holat faqat angliyalik futbolchiga biror top-klub jiddiy qiziqish bildirsagina sodir bo‘lishi mumkin.













