Argentina prezidenti Xavyer Miley JCH-2026 yarim finalida o‘z mamlakati terma jamoasining Angliyaga qarshi o‘yini (2:1) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Beqiyos quvonch, so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ular. Ammo men o‘yinni o‘zgartira olishimizga ishongan edim. Gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng, Argentina raqib ustidan to‘liq ustunlik qildi, ulardan barcha jabhada kuchliroq o‘ynadi. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar juda to‘g‘ri tanlangandi. Argentina o‘yinni butunlay nazorat qildi.
Bir vaqtlar kamchiliklar juda adolatsiz vaziyatni keltirib chiqargandi. Va nihoyat, jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarba bilan birinchi gol urildi. Ikkinchi gol ham ajoyib chiqdi, chunki Mak Allisterning ustunga tekkan zarbasidan keyin ularga shunchaki omad kulib boqqan edi.
Messi hali so‘nggi so‘zini aytmadi, u kutilganidan ham yuqori natija ko‘rsatdi. Uning hissasi bilan amalga oshgan kambek uni yanada ramziy figuraga aylantirdi. Messi, shubhasiz, yana o‘zini ko‘rsatdi va qilishi kerak bo‘lgan ishni bajardi", – dedi Miley.













