Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aleksandr Xomyakov: «90 daqiqa davomida faqat himoyalanish oson emas»

Aleksandr Xomyakov: «90 daqiqa davomida faqat himoyalanish oson emas»

Baho:
+ | -

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Buxoro» (2:1) uchrashuvidan keyin «Buxoro» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoasi amaldagi chempionga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatgan, ammo bahs so‘nggida o‘tkazib yuborilgan gol mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan.

«Avvalo barchani mavsumning ikkinchi qismi boshlangani bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, hammamiz futbolni sog‘inib qolgandik. Amaldagi chempionga qarshi o‘ynadik va jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik.

Hammasi yaxshi ketayotgandi, biroq bahs oxirlarida gol o‘tkazib yubordik. E’tiborni himoyaga qaratdik va bu tushunarli edi. Lekin futbolda 90 daqiqa davomida faqat himoyalanish oson emas. Bugun aynan shu jihatdan qiynaldik.

Yana bir bor «Neftchi»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Endi esa keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz», — dedi Xomyakov.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 23:32, 16.07.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик