Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan edi va yarim finalda Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat jamoa uchun katta xafsalasizlik bo‘ldi. Bu haqda inglizlar yarim himoyachisi Elliot Anderson ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futbolchilari g‘alabaga qat’iy ishongan, biroq finalga Argentina yo‘l olgan.
«Men bu bizning vaqtimiz deb o‘ylagandim, ammo bunga erishish nasib etmadi. Bizning vaqtimiz hali keladi», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida.
U muxlislarga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildirdi va o‘yinchilar ayni damda ruhiy jihatdan mutlaqo holsizlanib qolganini tan oldi.
Inglizlar mundialning bronza medallarini qo‘lga kiritishlari mumkin. Buning uchun ular uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda Fransiya terma jamoasini mag‘lub etishlari talab etiladi.













