«Barselona» rahbari Joan Laporta Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati finali arafasida Lamin Yamalning holati haqidagi savolga javob berdi.
«Ko‘k-anorranglilar»ning 19 yoshli vingeri «qizil furiya»ning yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, bu esa uning sovrin uchun kechadigan hal qiluvchi bahsda ishtirok etishi bo‘yicha shubhalarni keltirib chiqargan edi.
«Lamin bizga o‘zini yaxshi his qilayotganini va finalda o‘ynashga tayyor ekanini aytdi», — deya ispaniyalik muxlislarni tinchlantirdi Laporta.
Ispaniyaning Argentinaga qarshi uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da (20 iyul) boshlanadi.
Lamin Yamal JCH-2026 doirasida yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.













