Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Agbonlaxor: «Tuxel — qo‘rqoq va u ketishi kerak»

Agbonlaxor: «Tuxel — qo‘rqoq va u ketishi kerak»

Baho:
+ | -

2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi kerak. Bunday fikrni «Aston Villa» sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlaxor bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis mutaxassisi jamoaga g‘alaba qozonish taktikasi va psixologiyasini singdira olmagan. Ekspertning hisoblashicha, buning fonida Garet Sautgeytning xatolari unchalik sezilmay qolmoqda.

«Bizning murabbiyimiz shunchaki qo‘rqoq. U ketishi kerak. Angliya futbol assosiasiyasi bu borada qaror qabul qilishi zarur», — deya Agbonlaxorning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Bundan tashqari, faxriy futbolchiga Tuxel tomonidan o‘yindan keyin aytilgan, hech narsadan afsuslanmasligi haqidagi so‘zlar yoqmadi va u buni takabburlik deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, tarixda hali biror bir terma jamoa chet ellik murabbiy qo‘l ostida Jahon kubogini qo‘lga kiritmagan. Agbonlaxor ushbu faktga ham alohida e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 08:52, 17.07.2026.
O'qildi: 607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик