«RB Leypsig»ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande hali ham Madridning «Real» klubi e’tiborida qolmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Shu bilan birga, «qaymoqranglilar» nemis klubi talab qilayotgan 120 million yevroni to‘lashga tayyor emasligi, «RB Leypsig» esa narx borasida savdolashish niyatida emasligi aytilmoqda. Qolaversa, Diomandega qiziqish bildirayotgan birorta jamoa futbolchi uchun bunchalik katta mablag‘ sarflashni istamayapti.
Manbaga ko‘ra, «RB Leypsig» ivuarlik futbolchiga maoshini sezilarli darajada oshirgan holda yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, garchi futbolchining o‘zi nufuzliroq klubga o‘tishga tayyor bo‘lsa-da.
O‘tgan mavsumda Diomande barcha turnirlarni hisobga olganda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













