Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Atletiko» bosh direktori: «Xulian Alvaresni 200 million yevroga ham sotmaymiz»

«Atletiko» bosh direktori: «Xulian Alvaresni 200 million yevroga ham sotmaymiz»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh direktori Migel Anxel Xil Xulian Alvares bu yozda klubni tark etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq «Barselona»ning argentinalik hujumchiga qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Madrid klubi uning sotilishini mutlaqo istisno qilmoqda.

«Mening pozisiyam aniq, klubning pozisiyasi ham aniq. Biz buni futbolchiga, uning vakillariga va «Barselona» prezidentiga yetkazdik. «Atletiko» Xulian uchun to‘g‘ri joy ekaniga, Xulian esa «Atletiko» uchun ideal hujumchi ekaniga mutlaqo shubham yo‘q. Biz uni saqlab qolmoqchimiz.

Yaqinda «Barsa» prezidentining «Atletiko»ga qilgan taklifi cheksiz emasligi haqidagi so‘zlarini eshitdim. Mening yagona javobim shuki: bizning rad javobimiz — cheksiz. Biz uni sotmoqchi emasmiz. Biz 100 million yevrolik taklifni qabul qilmadik va na 150, na 200 million yevrolik taklifni qabul qilamiz», — dedi Xil.

Kiritildi: 16:46, 17.07.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик