Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi yo‘li haqida fikr bildirdi.
Turnirning yarim finalida argentinaliklar Angliyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 39 yoshli Messi maydonda to‘liq harakat qildi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«Ochig‘ini aytsam, turnir boshlanishidan avval ham bu jamoaga chindan ishongandim. Yarim finalgacha yetib borishimiz va chempionlik uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishimizni bilardim. Endi biz yana finaldamiz — bu juda ajoyib. Biz yana ko‘p yillardan buyon jamoaga xos bo‘lgan xislatlarni namoyish etdik: sifatli futbol, xotirjamlik va o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati», — deya Messining so‘zlarini keltiradi TyC Sports.
JCH-2026 dagi 7 ta o‘yinda Messi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ayni damda turnirning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib bormoqda.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv yakshanba, 19 iyul kuni «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadi.













