Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Roys: «Klopp — ideal murabbiy, xoh u klub, xoh terma jamoa bo‘lsin»

Roys: «Klopp — ideal murabbiy, xoh u klub, xoh terma jamoa bo‘lsin»

Baho:
+1 | -

Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Marko Roys Yurgen Kloppning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Menimcha, Klopp — ideal murabbiy, xoh u klub, xoh terma jamoa bo‘lsin. Unda har qanday jamoani boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha xislatlar mujassam. Ammo gap Germaniya terma jamoasi haqida ketar ekan, masala faqat milliy jamoa bilan chegaralanmaydi. Agar u bu lavozimga rozilik bildirsa, juda ko‘p narsani o‘zgartirib yuboradi», — deya Roysning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

Avvalroq «Liverpul», Dortmundning «Borussiya»si va «Mayns» klublarida ishlagan 59 yoshli mutaxassis milliy jamoani boshqarishga rozilik bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

U Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Yulian Nagelsmannning o‘rnini egallaydi. Nagelsmann nemislar JCH-2026 dan chiqib ketgach, iste’foga chiqarilgan edi. 29 iyun kuni ular turnirning 1/16 finalida Paragvayga (1:1, penaltilar seriyasi 3:4) imkoniyatni boy berishgandi.

Kiritildi: 18:35, 17.07.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик