Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Markus Reshford uchun «tovon puli» bandi o‘z kuchini yo‘qotdi

Markus Reshford uchun «tovon puli» bandi o‘z kuchini yo‘qotdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning transfer huquqlarini 47 million yevro evaziga sotib olish imkonini beruvchi bandning amal qilish muddati tugadi, deb xabar bermoqda The Athletic.

Endilikda 28 yoshli angliyalik futbolchining transferini faqat «Manchester Yunayted» bilan olib boriladigan muzokaralar orqali amalga oshirish mumkin. O‘yinchining «MYU» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Reshfordning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Shu tariqa, turnirlar yakunlangach, agar hech narsa o‘zgarmasa, hujumchi «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlariga qaytadi. O‘tgan mavsumni u ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazdi. Kataloniya klubi futbolchini 30 million yevroga sotib olish huquqiga ega edi, ammo bu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qildi.

Ta’kidlanishicha, 47 million yevrolik tovon puli haqidagi band Angliyaning ikki klubi — «Manchester Siti» va «Liverpul»ga nisbatan amal qilmagan.

Reshford «Barselona» safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:11, 17.07.2026.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик