Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Real» joriy yozgi transferlar oynasida Oliseni o‘z safiga qo‘shib olmaydi

«Real» joriy yozgi transferlar oynasida Oliseni o‘z safiga qo‘shib olmaydi

Baho:
+ | -

Maykl Olisening «Bavariya»dan Madridning «Real» klubiga o‘tishi joriy transferlar oynasida deyarli amalga oshmaydi.

Yaqinda Fransiya ommaviy axborot vositalari futbolchining yoz davomida «qirollik» klubiga o‘tish istagi borligi haqida ma’lumot tarqatgandi. Ammo nufuzli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya»da Olise yaqin kelajakda hech qayerga ketmasligiga 100% ishonch bildirilmoqda. «Real» prezidenti Florentino Peres shaxsan Myunxen klubi rahbariyatini joriy yilda fransiyalik yulduzni jamoaga olib kelishga urinmasligiga ishontirgan. Shuningdek, futbolchi va uning vakillari nemis grandi rahbariyatiga hamkorlikni davom ettirish istagida ekanliklarini bildirishgan.

Ayni paytda Olise «Bavariya»ga «Real»ning taklifini ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaat qilmagan. Shunga qaramay, manbaning qo‘shimcha qilishicha, Myunxenda Madrid klubi uzoq muddatli istiqbolda Mayklni xarid qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanini yaxshi tushunishadi.

Kiritildi: 19:34, 17.07.2026.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик