«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shartnomaning aniq muddati oshkor qilinmagan, ammo BBC ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan.
Bo‘lajak mavsum 25 yoshli Soboslai uchun 2023 yil yozida «RB Leypsig»dan o‘tganidan keyin «Liverpul» tarkibidagi to‘rtinchi, bosh murabbiy Andoni Iraola qo‘l ostidagi esa birinchisi bo‘ladi.
«Bu mening futbol hayotimdagi eng yaxshi uchta voqeadan biri. Bundan yuqori turadigan faqat ikkita holat bor — «Liverpul» bilan [ilk] shartnoma imzolaganim va farzandimning dunyoga kelishi», — dedi Soboslai klub rasmiy saytiga.
«Men juda baxtiyorman. Yana maydonga chiqishni va ishlashni davom ettirishni sabrsizlik bilan kutyapman. Men shunchaki bu yerda bo‘lganimdan xursandman, buni avval ham ko‘p marta aytganman».
O‘tgan mavsum vengriyalik futbolchi uchun «Liverpul»dagi shaxsiy statistika bo‘yicha eng yaxshisi bo‘ldi: u 53 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













