Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi yillarda biz yuksalish trayektoriyasida harakat qildik. Men avval ham aytganimdek, bu avlod o‘zidan katta meros qoldiradi. Jahon chempionatida g‘alaba qozonish — futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan eng muhim yutuqdir. Biz Millatlar ligasida, Yevropa chempionatida g‘olib chiqdik va endi jahon chempionati finaliga chiqdik. Biz to‘xtamoqchi emasmiz — ambisiyalarimiz juda katta.
Ispaniya terma jamoasining zaif tomonlarimi? Men bu savolga omma oldida javob bermayman. Ular (raqiblar) buni yozib olishlari mumkin!» — dedi Rodri jurnalistlarga.
Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













