Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jahon chempionati final o‘yini oldidan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Messi — barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi. U o‘z terma jamoasini Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘alabaga yetaklashga va ushbu jahon chempionati finaliga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Biz nafaqat Leo, balki boshqa ko‘plab o‘yinchilarni ham hisobga olishimiz kerak», — dedi Rodri matbuot anjumanida.













