Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Barselona» Kundeni nega «Bavariya»ga qo‘yib yubormagani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» Kundeni nega «Bavariya»ga qo‘yib yubormagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» fransiyalik himoyachi Jyul Kunde bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 27 yoshli futbolchini 50-60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi. Himoyachini Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo ular 40 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor emas. «Barselona» rahbariyati esa bu summani yetarli emas deb hisoblagani aytilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Kunde barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:14, 18.07.2026.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик