Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Anxel di Mariya Ispaniya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati-2026 final uchrashuviga borish niyatida emasligini ma’lum qildi.
«Finalga borish? Yo‘q, aqldan ozdingizmi? Aniq bormayman. Ko‘z tegishini istamayman. Uyda qolib, televizor orqali tomosha qilaman. Yigitlar ularni birinchi o‘yindanoq qo‘llab-quvvatlayotganimni juda yaxshi bilishadi», — deya di Mariyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tyc Sports.













