Londonning «Arsenal» klubi Vilyam Salibaning jarohatidan so‘ng yangi markaziy himoyachi sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan fransiyalik futbolchi joriy kalendar yilida boshqa maydonga tushmasligi mumkin.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati Salibaning uzoq muddatga safdan chiqqanidan shokda. Klub allaqachon o‘rinbosar izlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda va «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsani ko‘rib chiqmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Konsa barcha klub musobaqalarida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
28 yoshli angliyalik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.













