Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi Jahon chempionati finalchilarining o‘xshash tomonlari haqida gapirib berdi.
Yakshanba kuni 00:00 da mundialning hal qiluvchi bahsi boshlanadi, unda ispanlarga Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi.
«Skaloni bilan biz ko‘plab o‘yin prinsiplari va futbol haqidagi qarashlarda bir xil fikrdamiz. Menimcha, jamoalarimiz bir-biridan unchalik farq qilmaydi. O‘yin juda teng kurashlar ostida o‘tadi, hammasini mayda detallar hal qiladi, ammo biz raqibga o‘z o‘yinimizni singdirishimiz kerak», — dedi de la Fuente o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.













