Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

APL grandi Alvares atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda

APL grandi Alvares atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmadi.

Klublar «kanonirlar» sport direktori Andrea Bertaning «matraschilar» vakillari bilan yaxshi munosabatlari tufayli aloqada bo‘lib turishibdi. «Atletiko» o‘z so‘zida turibdi – argentinalik futbolchi sotilmaydi. Shunga qaramay, jurnalist Darmesh Shetxning ta’kidlashicha, «Arsenal»da madridliklarning pozisiyasi o‘zgarishi mumkinligini inobatga olib, vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishmoqda.

Xulian Alvaresga «Barselona» ham da’vogarlik qilmoqda, ular hujumchi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishdi. 26 yoshli futbolchining o‘zi ham klubni o‘zgartirishni istamoqda, bu haqda u omma oldida ham gapirgan.

Kiritildi: 17:55, 18.07.2026.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик