«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojers 20 iyul, dushanba kuni «Chelsi» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Transferning asosiy tafsilotlari:
-
Transfer summasi: 117 million funt sterling (137 million yevrodan ortiq). «Chelsi» ushbu transfer borasida «Arsenal»ni ortda qoldirdi.
-
Shartnoma muddati: 6 yil (yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish imkoniyati bilan).
-
Tibbiy ko‘rik: Dushanba kuni bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng shartnoma imzolanadi.













