Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Arsenal» Barkola bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamadi

«Arsenal» Barkola bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamadi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hozircha «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkolani transfer qilish bo‘yicha yangi qadamlar tashlagani yo‘q. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Morgan Rojers uchun kurashdagi omadsizlikdan so‘ng, «kanonchilar» Fransiya klubi bilan aloqaga chiqishmagan. Shu bilan birga, 23 yoshli futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirishda davom etmoqda. Mersisaydliklar vaziyatni kuzatishmoqda va agar «PSJ» Barkolani maqbul narx evaziga sotishga rozi bo‘lsa, muzokaralarni faollashtirishga tayyor.

Avvalroq fransiyalik futbolchi o‘z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni Jahon chempionati yakunlanganidan keyin qabul qilish niyatida ekani xabar qilingandi.

Kiritildi: 00:47, 19.07.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик