Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Tottenxem» 75 million yevro evaziga «Manchester Siti» vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Tottenxem» 75 million yevro evaziga «Manchester Siti» vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» «Manchester Siti» vingeri Savinyo bilan shartnoma imzolashga yaqinlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transfer summasi 75 million yevroni tashkil etadi. Savinyo biroz avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda chamadon suratini joylashtirib, «ko‘ngil ochishga otlanayotgani» haqida izoh qoldirgan va yangi jamoaga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirgan edi.

O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi past natija qayd etdi: u barcha klub turnirlarida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘nga yaqin o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Ta’kidlash joizki, «Tottenxem» yozgi transferlar uchun allaqachon 230 million yevro atrofida mablag‘ sarflab bo‘ldi.

Kiritildi: 01:14, 19.07.2026.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик