Ellik yildan ortiq vaqt davomida hech kim Jahon chempionatida 10 ta gol ura olmagan edi.
Bu natijaga oxirgi bo‘lib Gerd Myuller erishgan. Nemis futbolchisi 1970 yilgi Jahon chempionatida 6 ta o‘yinda 10 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Bugun esa uning bu natijasini Kilian Mbappe takrorladi. U JCH-2026 doirasida Angliyaga qarshi kechgan o‘yinda dubl qayd etdi. Bu uning joriy turnirdagi 8-o‘yini edi.
Bir chempionat davomida bundan ko‘proq gol urish faqat ikki kishiga nasib etgan: Jyust Fonten 1958 yilda 13 ta va Shandor Kochish 1954 yilda 11 ta gol muallifi bo‘lishgan.













