«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Maksi Rodriges Shimoliy Amerikada o‘tayotgan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatida 39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messining o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Argentina safida fantastik Messi bor. U avval ham jamoani jahon kubogi sari yetaklagan edi, endi esa finalga olib chiqdi. Leo 39 yoshida bunday saviyada o‘ynayotgani meni hayron qoldirmaydi. Messi maydonda ekan, u doimo eng zo‘ri bo‘lib qoladi. Bu o‘yinning o‘z qiroli bor, uning ismi — Lionel Messi. Undan yaxshirog‘i endi bo‘lmaydi. Leo, qilgan barcha ishlaring uchun senga rahmat», — deya Rodrigesning so‘zlarini keltiradi Ole.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv bugun, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













